Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Ilmdan boshqa najot yo‘q

15:25, 16.05.2024      


Ilm-maʼrifat – insonni kamolotga yetaklovchi, unga najot beruvchi buyuk neʼmat. Imom Buxoriyning oʻn ikki asr avval “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” degan fikrlari buning yorqin dalilidir. Shu bois ajdodlarimiz qadimdan ilm-maʼrifat va farzand taʼlim-tarbiyasiga ustuvor ahamiyat qaratib keladi. Bugun bu anʼana davom etmoqda va soʻnggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan hamda diniy maʼrifatga berilayotgan eʼtibor yaqin kelajakda oʻz samarasini berishi shubhasiz. Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakultetida talaba-yoshlarda ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini ta'minlash maqsadida "Ilmdan boshqa najot yo'q" mavzusidagi targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari o'rinbosari Sh.To'ychiyev, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.G'ofurova, universitet rahbariyati hamda yoshlar ishtirok etdilar.