Rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishda fakultet professor-o'qituvchilari, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.
Yig'ilishda ilmiy salohiyatni oshirish borasida kafedralarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi muhokama etildi.
Bunda jamoaning ilmiy salohiyati, Scopus bazasiga oid ilmiy jurnallarda maqolalar e'lon qilish, iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish, dissertatsiyalar, chop etilayotgan monografiyalar ko'lami, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi.
Rektor har bir professor-o'qituvchining ilmiy, innovatsion va xalqaro faoliyatini tadqiq etar ekan, oliy ta'lim dargohi o'qituvchisi oldidagi muhim ilmiy mezonlar, kerakli indekatorlar ijrosidan mamlakat yoshlari ta'limi, millat ertasi ko'zlanayotgani, professorlar bu borada o'z ilmiy maktablarini albatta yaratishlari zarurligini ta'kidladi.