Tojikiston davlat pedagogika universitetida "Zamonaviy pedagogik g’oyalar" mavzusida uchinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Xolmatova Zulfiya Tillavoldievna, Xolikova Dilobarxon Maxsitovnalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu tashrif davomida professor-o’qituvchilarimiz universitetning rektori A.Ibodullozoda, o’quv ishlari bo’yicha prorektor R.K.Qurbonzoda hamda fakulteti dekani va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, oliygohlar o'rtasidagi ilmiy-uslubiy aloqalarni yanada kuchaytirish xususida suhbatlashdilar.
Tashrifning so'ngida professor - o’qituvchilarimiz talabalarni FarDU faoliyati, talabalar va o'qituvchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda milliy urf-odatlarimiz bilan tanishtirdilar.