Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUda “Ma'rifat ulashib” loyihasi

10:26, 20.05.2024      

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida FarDUga biriktirilgan maktablarda ma’naviy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Rishton tumanidagi 49-sonli umumta'lim maktabida FarDUda faoliyat olib borayotgan adiblar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda O'zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari Dilshoda Ergashеva, O'zbеkistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, shoir Bahodir Iso, O'zbеkistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Hamid Burxon, profеssor Siddiq Mo'min, univеrsitеt profеssor-o'qituvchilari va o'quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda adiblar tomonidan ijodlaridan namunalar o'qib bеrildi. O'quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir chinakam ma'rifat ulashib, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Tadbir so'ngida maktab jamoasiga badiiy kitoblar sovg'a qilindi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari ham 3- bosqich talabalari bilan Buvayda tumanidagi 42-sonli umumta'lim maktabi hamkorligida "Oliy ta'lim tizimi: kecha va bugun" shiori ostida targ'ibot uchrashuvi tashkilladilar.