Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki Ishlar Vazirligining 06-12-sonli qo'shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti rahbariyati va universitet profilaktika inspektori podpolkovnik M.Kamolova, psixolog F.Abdullayevalar ishtirokida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida talaba-yoshlar uchun profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Farg‘ona harbiy prokuratura tergovchisi kapitan X.Ergashev va Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari bo‘limi Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi mayor V.Y.Toshaliyevlar ishtirokida Harbiy ta’lim fakulteti talaba-yoshlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etish talabalarda kasbiga hurmat, ishtiyoq, hushyorlik, vatanga sadoqat, xalqiga muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qiladi.