Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda kengaytirilgan yig‘ilish

15:23, 23.05.2024      


Insoniyat tarixida yonib yashagan va qilgan ishlari ming yilliklarga tatigulik shunday yetakchilar, buyuk shaxslar, xalq qahramonlari, yurt fidoiylari borki, ular zamon va makonga, butun jamiyatga kuchli ta’sir etadi va taraqqiyot zanjiriga ijobiy turtki beradi.

Ustozimiz Qudratilla Rafiqovning kuni kecha “Ishonch” hamda “Xalq so‘zi” gazetalarida e’lon qilingan “Men umrimni shu xalqqa tikkanman” sarlavhali maqolasini o‘qir ekanmiz, manashunday ta’sir to‘lqini vujudimizni qamrab oldi. Maqolada Muhtaram Prezidentimiz tashabbuskorligida mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni samimiy til bilan, izchil va asosli ravishda to‘laqonli yoritib berilgan.

Xususan, bugun universitet va barcha fakultetlarda, yoshlar davrasida oliygoh rahbari boshchiligida ushbu maqola mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishlar, uchrashuvlar tashkil etildi.

Bunda jonli muloqotlar, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar ma’ruzalari orqali maqola mohiyati sharhlanar ekan, jamoa ahli va talabalar davlatimiz rahbari olib borayotgan bunyodkorlik ishlariga munosabatli bo‘lishga, islohotlarga dahldorlik nuqtayi nazari bilan yondoshuvga chorlandi.

Universitet ma’naviyat va ma’rifat markazi saroyida tashkil etilgan anjumanda so‘z olgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov maqolani mohiyatan yoshlar ommasiga keng targ‘ib etar ekan, “Biz ziyo ahli jamiyatdan ming qadam oldinda yurishimiz, islohotlarimizning jonli targ‘ibotchisi bo‘lishimiz har kuni kerak kerak va bu vijdon amri bo‘lishi zarur!” deya ta’kidladi va Muhtaram Prezidentimizning jadidona islohotlarini ta’lim yo‘nalishidan tortib, taraqqiyot mexanizmini yuritayotgan har bir tizim misolida batafsil ochib berdi