Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI - BITIRUVCHILAR DAVRASIDA

15:51, 27.05.2024      


25 may sanasi mamlakatimiz yoshlari hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kunlardan biri. Chunki 25-may sanasida maktablarda so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinmoqda va bitiruvchi o‘g‘il-qizlar maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdalar. Ushbu jarayonlarda FarDU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov ham yoshlarga motivatsiya ulashish, bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-ma’rifatga, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Rishton tumanidagi 2-sonli maktabda bo‘ldi. Maktab jamoasi tomonidanqaynoq kutib olingan FarDU rektori bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan yaqindan sihbatlashdilar. Samimiy suhbat chog‘ida oliygoh rahbari ta’limning bugungi kunda jamiyat hayotidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib, yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlarni ta’kidlab o‘tdilar.