Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FARDU REKTORI MAHALLA YOSHLARI XONADONLARIDA

14:22, 29.05.2024      


Farg'ona davlat universitetiga biriktirilgan hududlardagi ijtimoiy himoyaga, e’tibor va ko‘makka muhtoj yoshlarni ma'nan va moddiy qo'llab-quvvatlashda davom etayotgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov endilikda Qo'shtepa tumanining “Xumdon”, “Solijonobod” mahallalarida bo'ldi. Bunda yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borildi.

O’rganilgan muammolarning ijobiy yechimi sifatida:

"Baxt" ko'chasida yashovchi Guzelya Anatolevnaga tikuv mashinasi;

"Xumdon", "Kelajak", "Bog'bonlar" ko'chasida yashovchi Murodjon Sohibov, Ilhomjon Ermatov, Akbarali Bannopjonovlarga kitoblar jamlanmasi va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan mazkur muloqotlarda asosiy e'tibor - yoshlarning maqsad va qiziqishlari, muammolarini o'rganish, ilmga, kasb-hunarga, sportga, san'at va madaniyatga yo'naltirish, bilim olishga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash kabi muhim masalalarga qaratildi.