O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan Jizzax shahridagi drama teatrida iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,qobiliyatini o‘stirish va rag‘batlantirish maqsadida milliy maqom san’ati yo‘nalishida Respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Farg‘ona davlat universitetining iqtidorli talabalari - San‘atshunoslik fakultetining "Tarona vokal cholg‘u ansambli" vakillari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etmoqdalar.