Joriy yuilning 31-may kuniFarg‘ona davlat universiteti Kengashining 10-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilish avvalida rektor Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy unvon va darajalarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilarni ilmiy xushxabarlar bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo'yicha tashkil etilgan universitet olimpiadasi g'olib yoshlari hamda sport sohasida yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalarimiz munosib taqdirlandilar.
FarDU Kengashining 10-sonli yig‘ilishi kun tartibidan yo'riqnoma hujjatlar ijrosi, universitet reyting ko'rsatkichlari va strategik rivojlanishini yanada yaxshilash bo'yicha kafedralarda amalga oshirilgan ishlar tahlili, profilaktika chora-tadbirlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralarning targ'ibot-tashviqot ishlaridagi ishtiroki hamda turli muhim tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.