Muhtaram Prezidentimiz raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini koʼpaytirish chora-tadbirlari muhokamasi boʼyicha oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona davlat universitetida "Turizm – millatlararo hamjihatlik va milliy madaniyat tayanchi!" shiori ostida maqom tanlovi va kontsert dasturi oʼtkazildi. Tanlovda Fargʼona, Аndijon va Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari maqomchilari, milliy cholgʼu ansambllari, taniqli xonandalar, xavaskor ijrochilar ishtirok etdilar. Fargʼonaliklarga oʼzgacha milliy ruh ulashgan ushbu maqom kontsertini viloyatimiz mehmonlari, xususan, АQSh, Germaniya, Italiya, Hindiston, Pokiston davlatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar katta qiziqish bilan tinglab, oʼzbekona kuy va raqslarga joʼr boʼldilar.
Mazkur tanlovni maqom san'ati bo'yicha yuqori tajribaga ega bo'lgan hay'at a'zolari ayni jarayonda baholab bordilar.
Tanlovda:
1 - o‘rinni olgan jamoa 3 million so‘m,
2 - o‘rinni olgan jamoa 2 million so‘m,
3- o‘rinni olgan jamoa 1 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Shu bilan birga tadbirda faol ishtirok etgan Andijon, Namangan viloyatlari maqomshunos vakillari FarDUning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.