Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidanOʻzbekiston Milliy universitetida 7-iyun kuni fizika fanidan oʻtkazilgan respublika olimpiadasida jami 46 nafar talaba qatnashdi.
Olimpiada bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Fan olimpiadasi ikki bosqichda oʻtkazildi – birinchi bosqichda talabalar fizika fanidan test topshirdi, ikkinchi bosqichda laboratoriya mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Fizika fanidan respublika fan olimpiadasi natijalari:
1-oʻrin: Saidov Shohrux Toʻlqin oʻgʻli (Oʻzbekiston milliy universiteti)
2-oʻrin: Gʻofurov Saidkamol Zokirjon oʻgʻli (Qoʻqon davlat pedagogika instituti)
3-oʻrin: Musayev Tohirbek Muhammadjon oʻgʻli (Fargʻona davlat universiteti)
Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilinadi.