Chet tillari fakultetida kengaytirilgan fakultet Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda kafedra mudirlari, dekan o'rinbosarlari, professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda tyutorlar ishtirok etdilar.Yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, reyting bo'yicha natijalar tahlili, yakuniy nazoratlarda hamda yakuniy davlat attestatsiya jarayonlarini shaffoflik bilan o'tkazish, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik masalalari ko'rib chiqildi.Shuningdek, universitet Kengashining 10-sonli yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi o'rganildi.