Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU: sifatli ta’lim eng muhim omil

15:17, 19.06.2024      


Ma’lumki, kundan-kunga o‘z faoliyatini isloh etib, oliy ta’lim xizmatlarining barcha yo‘nalishida ilgarilab borayotgan Farg‘ona davlat universiteti o‘tgan yili butun dunyoga o‘z nufuzi va shaffofligi bilan tanilgan Buyuk Britaniyaning Times Higher Education - “THE” reytingida “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiq 14 ta yo‘nalish bo‘yicha 1000+ natijani qayd etgan edi.

Eng quvonarlisi, reyting agentligining kuni kecha e’lon qilingan “Impact Rankings” yo‘nalishi natijalariga ko‘ra, 5 ta indikator bo‘yicha FarDU TOP 500 universitetlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi. Shuningdek, tanlab olingan 10 ta indikatorning yana 4 ta yo‘nalishida Farg‘ona davlat universiteti ko‘rsatkichlari TOP 1000+ talik ro‘yxatidan joy oldi.

Ushbu natijalarning eng salmoqlisi, FarDU aynan sifatli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 57,1 ball bilan 400+ ko‘rsatkichga erishib, TOP 500 universitetlar ro‘yxatiga kirgani alohida ahamiyatga egadir. Chunki dunyoning 115 ta davlatidan reytingda ishtirok etayotgan 1963 ta universitetlar ichida aynan FarDU sifatli ta’lim maskani sifatida e’tirof etilishi - yoshlarni ilm-ma’rifatli qilish, Yangi O‘zbekistonga munosib yetuk, ma’naviyatli kadrlarni tayyorlash bobida oliygohning fidokorona mehnati samarasini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Aytish kerakki, jahondagi eng nufuzliuniversitetlar “THE” ro‘yxatida o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun olg‘a intilayotgan xalqaro ta’lim raqobati muhitida Farg‘ona davlat universitetining reytingdagi o‘rni yildan yilga yuqorilab borayotgani tahsinga loyiq.