Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari iyun oyi davomida oʻtkazilayotgan "Yoshlar oyligi"da faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Quvasoy va Yozyovon tumanlarida oʻtkazilgan tadbirlarda Filologiya va Sanʼatshunoslik fakultetining targ‘ibotchi ijodkor-o‘qituvchilari tomonidan "Ma’rifat ulashib" tadbirlari doirasida she‘riy misralar, go'zal kuy-qo‘shiqlar orqali mahalla yoshlariga zavq ulashildi.