Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU Akademik litseyida

12:15, 21.06.2024      


Bugun FarDU Akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” deb nomlangan tantanali bayram tadbiri va diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

O'tgan davrda o'quvchilarning 122 nafari chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy, 52 nafari xalqaro, 44 nafari esa umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Joriy o'quv yilida akademik litseyni 280 nafar bitiruvchilar tamomladi.

Bitiruvchilardan 81 nafari imtiyozli diplomga, 12 nafari oltin va 5 nafari kumush medallarga, 11 nafari esa "Akademik litseyimiz iftixori" stipendiyasiga munosib ko'rildi.

Mukofotlarni Farg'ona davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shukurov Rahmatillo Mirzatillayevich va akademik litsey direktori Sharipov Hasanjon Abdumannopovichlar topshirdi.