Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

-

15:17, 21.06.2024      

Muhtaram Prezidentimiz raisligida 2024-yil 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bunda universitet jamoasi, professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig'ilishni olib borgan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov mazkur videoselektordan kelib chiquvchi asosiy vazifalarga alohida to'xtalib o'tar ekan, oliy ta'lim muassasasi faoliyatini kuchaytirishda muhim bo'lgan omillarni aytib o'tdi.

Xususan, zamon talabi va ehtiyojlariga mos, sifatli kadrlar yetishtirish, ta’limni jahon iqtisodiyoti bilan hamnafaslikda olib boorish, spin-of tajribasi hamda ishlab chiqarish korxonalarining ilg'or yutuqlarini oliygohda joriy etish, yosh innovatorlarning g'oyalari, loyihalari va takliflari bilan ishlash masalalari yig'ilish kun tartibidan o'rin oldi.

Yig’ilish davomida rektor professorlar, texnik yo‘nalishdagi kafedralar mudirlari, o‘quv va ilmiy bo’limlar rahbarlari bilan muloqot olib bordi. Muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan o’z tavsiyalarini berdi.