Bugun Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oqituvchilari uchun universitet rektori ishtirokida ilmiy-metodik seminar tashkil etildi
Bunda xalqaro reytinglarning talablari va zarur indikatorlari, Scopus ma'lumotlar bazasidan foydalanish ko‘nikmalari, bazada indeksiyalanadigan jurnallarda maqola yozish bosqichlari soha mutaxassislari tomonidan taqdimotlar yordamida batafsil o'rgatildi.
Shuningdek, sohta jurnallar, til bilish darajasiga oid qalbaki sertifikatlar xususida ham farqlovchi ma'lumotlar berildi. Oliygoh rahbari o'z so'zida jamoani seminarda faol bo'lishga chorlar ekan, kafedralarda ustoz-shogirdlik an'anasi davom etishi, har bir ustoz oliy ta'lim muassasasida ishlash mas'uliyatini chuqur anglashi ilmiy yuksalishga, dunyoga chiqishga asos bo'lishini e'tirof etdi.