Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Bugun FarDUning Harbiy ta’lim fakultetida kursantlarning "Vatanga qasamyod" tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

14:52, 29.06.2024      

Tantanali tadbirda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov va Sharqiy harbiy okrug, fakultet rahbariyati, kursantlarning ota-onalari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Universitet rahbari tadbirni o'z kirish so'zi bilan ochib berar ekan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatda ilgari surilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida alohida to'xtalib o'tdi.

"Vatanparvar yoshlarimiz yurtning mustahkam ustunidir," - deya rektor yosh kursantlarni bugungi marosim bilan qutladi.