Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘zining samimiy nutqi, muhim takliflari va yosh bo‘lishiga qaramay qo‘lga kiritgan xalqaro yutuqlari bilan ko‘plab yurtimiz yoshlarining olqishlariga sabab bo‘lgan Sabina Nabiyeva bugun Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Beshariq tumani farzandi bo‘lgan va hozirgi kunda AQSHning Arizona universitetida ta’lim olayotgan Sabina Nabiyeva universitetga ota-onasi hamrohligida kirib kelar ekan, bu yerda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sifatli ta’lim yo‘lida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, o‘quv-amaliy jarayonlar, innovatsion uslub va yangi pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini ko‘rib behad quvondi.