Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlarini tashkil etishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

17:20, 05.07.2024      

Ma'lumki, 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.



Shu munosabat bilan bugun Farg'ona davlat universitetida rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida joriy qabul mavsumi - kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlarini tashkil etishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.



Bunda kun tartibida ijro intizomi, tartib, qabul komissiyasi a'zolari mas'uliyati va vazifalari, shaffoflik, hallollik, korrupsiyaga murosasizlik, adolat prinsiplari asosida ish tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga zarur shart-sharoit yaratilishi, qabulga oid zarur targ'ibot vositalari, kuzatuv kameralarini ta'minlanganlik darajasi, dislokatsiyaga qat'iy amal qilish kabi masalalar to'liq ko'rib chiqildi.