Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI QO‘NG‘IROTBOY SHARIPOV “FarDU” FUTBOL JAMOASI BILAN UCHRASHDI

16:29, 10.07.2024      

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib, “FarDU” futbol jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Futbolchilar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ularni so‘nggi paytda erishib kelayotgan g‘alabalari bilan tabriklar ekan, kelajakda chempion bo‘lib yetishishlariga ishonishi va hali hech qaysi oliy ta’lim muassasasida bunday futbol muvaffaqiyati takrorlamaganini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.

Bu borada muhtaram Prezidentimizning mamlakatimizda futbol sport turi rivojiga qaratayotgan e’tibori, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish xususida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Muloqotda klub treneri, “Neftchi” futbol jamoasining sobiq o‘yinchisi Asad Do‘rmonov jamoa imkoniyatlari va kelgusi rejalarini vazirga yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Trener Farg‘ona davlat universitetida millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlarni tanishtirar ekan, o‘zbek futbolining mashhur vakili, 5 karra O‘zbekiston chempioni, "Shuhrat" medali sovrindori, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi" - Sergey Lebedov klubda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgani, mahoratli futbolchi, “Neftchi” klubi faxriysi - Ruslan Xudaydatov tajribalari o‘rganilayotganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov futbolchilarni erishgan g‘alabalari bilan yana bir bor qutlab, hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi va jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Darhaqiqat, aytish kerakki, katta maydon sari ildam borayotgan bu sport klubi yaqin ikki yil ichida o‘zbek futbolida yangi umid sifatida muxlislar ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lmoqda.

Chunki so‘nggi davrda Ikkinchi liga bahslarida "FarDU" jamoasi "Jarqo‘rg‘on" klubiga qarshi to‘p surdi va chiroyli o‘yin ko‘rsatib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Ko‘rish mumkinki, tez fursatlarda "FarDU" futbol klubi O‘zPFL tasnifida o‘tadigan professional futbol chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu kabi g‘alabali o‘yinlar ketma-ket davom etmoqda.

Jamoaning maqsadlari esa juda yuqori, albatta, FarDUda shunga yarasha mehnat qilinmoqda.