Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

"El-Yurt Umidi" Jamgʻarmasi: Tanlov va imkoniyatlar

16:59, 10.07.2024      

Hurmatli talabalar va hamkasblar!

Biz - Gulnoza Hamidova va Diyoraxon Usmonova "El-yurt umidi" stipendiatlari, sizlarni FarDUda o'tkaziladigan seminarimizga taklif qilamiz!

Seminarda siz quyidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

* El-yurt umidi jamg'armasi tanlovlari, o'tkazish tartibi,

* Ajratilgan kvotalar va ustivor yo'nalishlar,

* Tanlovni tashkil etish mexanizmi,

* Elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi,

* Nufuzli xorijiy universitetlarda o'qish imkoniyatlari

Bundan tashqari, seminar davomida sizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar beriladi.

Seminar vaqti: 10:30, 10 Iyul 2024

Joy: FarDUning Chet tillar fakulteti binosi, Xalqaro muzokaralar xonasi.

Iltimos, seminarda ishtirok etish uchun link orqali ro'yxatdan o'ting:

https://forms.gle/XsdRYuTZXecjhtoG7

Hammani seminarimizga taklif etamiz va ishtirokingizni kutib qolamiz!

Hurmat bilan,

Gulnoza Hamidova va Diyoraxon Usmonova