Fransiyaning Parij shahrida oʼtayotgan XXXIII yozgi Olimpiya oʼyinlari musobaqalarining navbatdagi kunida ayollar oʼrtasida kamondan otish boʼyicha dastlabki bellashuvlar oʼtkazildi.
Unda hamyurtimiz, FarDU bitiruvchisi - Ziyodaxon Аbdusattorova kamondan oʼq otish bahslarida 10 ta imkoniyatdan 649 ochko toʼpladi va 64 sportchi orasida 34-oʼrinni band etdi. Endi Z.Аbdusattorova navbatdagi bosqich bellashuvlariga 31 iyulь kuni soat 18:00 da kirishadi. Sportchimizga 1/32 final bosqichida chexiyalik Mari Xorachkova raqiblik qiladi.