Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FАRGʼONАDА ZIYOLILАR VА IJODKORLАR BILАN OCHIQ MULOQOT TАSHKIL ETILDI

16:30, 27.07.2024      

Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Fargʼona va Аndijon viloyatlaridagi oliy oʼquv yurtlari professorlari, tarixchilar, shoir va yozuvchilar, maʼnaviyat tizimi xodimlari ishtirokida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi. Muloqotda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Xasanov, viloyat hokimining oʼrinbosari Sherzod Rahimov ishtirok etdilar. Samimiy ruhda oʼtgan muloqotda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy oʼzlikni anglash, buyuk bobokalonlarimiz, allomalar hayotini kelgusi avlodga toʼlaqonli yetkazishda tarix fanining oʼrni xususida fikr almashildi. Ustozlarga tarixda yashab oʼtgan bobokalonlarimiz hayoti va faoliyatini nazariy tushuntirishlar bilan birga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʼrgatish boʼyicha tavsiyalar berildi. Buyuk allomalar hayoti aks ettirilgan kinofilmlar yaratish jarayonlarida, tarixiy faktlarni jamlashda, stsenariylar ustida ishlashda tarixchi olimlar hamda kino ustalari hamkorligini oshirish boʼyicha ham atroflicha fikr almashildi. Bugungi uchrashuvda koʼtarilgan muhim masalalar boʼyicha oliy oʼquv yurtlari professorlari, tarixchilar, shoir va yozuvchilar munosabatlari va takliflarini bildirdilar. Fargʼona tajribasi sifatida milliy oʼzlik, tarixni oʼrganish, maʼnaviyat yoʼnalishida ziyolilar harakatini tashkil etishga kelishib olindi.