Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Diyora Keldiyorova Olimpiya oʼyinlari gʼolibiga aylanib, tarixiy natija qayd etdi

10:24, 30.07.2024      

Frantsiyada oʼtayotgan XXXIII yozgi Olimpiya oʼyinlarining dzyudo boʼyicha ayollar oʼrtasidagi -52 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova soʼnggi hal qiluvchi final bahsida tatamiga chiqdi. Olimpiya chempionligi uchun oʼtgan ushbu final bahsida Diyora Keldiyorova hamda kosovalik Distriya Krasnichi oʼzaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz oʼtgan bellashuvlarda dzyudochimiz gʼalaba qozondi va oltin medalni qoʼlga kiritib, dzyudo sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Oʼzining yuqori mahorati bilan xalqimiz ishonchini oqlagan Diyora Keldiyorovaning bu medali nafaqat bu galgi Olimpiya oʼyinlaridagi ilk medalь, balki oʼzbek ayollari orasida dzyudo boʼyicha qoʼlga kiritilgan dastlabki medalь sifatida tarixda qoldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Oʼzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʼyinlarida ayollar oʼrtasida birinchi marta chempion boʼlgan sportchi qizimizni tarixiy gʼalaba bilan qizgʼin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.