Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

O‘zbek olimasi AQSHda oltin medal bilan mukofotlandi

09:19, 01.08.2024      

Oʼzbekiston Ixtirochi ayollar markazining xabar berishicha, mazkur xalqaro festival jahon ilm-fani, texnologiyalari sohasidagi yutuqlar va yaratilayotgan yangi texnologiyalarni oʼrganish hamda ragʼbatlantirish maqsadida oʼtkaziladi.

“SVIIF 2024” – festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 350 nafardan ziyod ixtirochi texnika, texnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo hamda sanoatning turli yoʼnalishlari boʼyicha oʼz ixtirolari va innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.

Shunisi diqqatga sazovorki, ilk bor ushbu Silikon vodiysi xalkaro ixtirochilar festivalida oʼzbekistonlik olima ayol, Toshkent davlat texnika universitetining “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, Oʼzbekiston Ixtirochi ayollari markazi eksperti Parahat Matyakubova ishtirok etdi. U festivalь doirasida tashkil qilingan koʼrik-tanlovda “Capacitive moisture meter for liquid products and pool materials” mavzusidagi ixtirosi boʼyicha amalga oshirgan ilmiy ishlari va erishilgan natijalarni namoyish qildi. Oʼzbekistonlik olima ayol, texnika fanlari doktori, professor Parahat Matyakubovaning ushbu ixtirosi xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi.

Hamyurtimiz festival doirasida tashkil kilingan tanlovda don mahsulotlari va qattik sochiluvchan materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasi uchun olgan patenti “SVIIF-2024” — “The Finals” nominatsiyasi boʼyicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medalь bilan taqdirlandi.

Ixtiro natijalari don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga joriy qilingan, funktsional imkoniyatlari kengayishi hisobiga yuqori iktisodiy samaraga erishilgan.