26-31 iyul kunlari Hindistonda boʼlib oʼtgan Xalqaro matematika musobaqasida oʼzbekistonlik oʼquvchilar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medalini qoʼlga kiritdi. Yosh matematiklar musobaqasida 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli oʼquvchi ishtirok etdi. Oʼzbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat boʼlib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan oʼquvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va taqdirlandi.