Ma'lumki, Muhtaram Prеzidеntimizning “Davlat oliy ta'lim muassasalarining akadеmik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq, Farg'ona davlat universiteti o'z boshqaruv faoliyatini “Oliy ta'lim muassasalarining Kuzatuv kеngashlari to'g'risida”gi namunaviy nizom asosida tashkil etib kelmoqda.
Xususan, ushbu faoliyat doirasida bugun Bojxona qo'mitasi Raisi huzurida universitetda Kuzatuv Kengashining joriy yil avgust oyidagi 2-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan:
Kuzatuv Kengashining yangi tarkibini tanishtirish, tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, attestatsiyani tashkil etish va boshqa muhim masalalar o'rin oldi.
Yig’ilish so’ngida kun tartibidagi masalalar bo’yicha Kengash tegishli qarorlar qabul qildi.
Kuzatuv kеngashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijro mexanizmlari belgilandi.