Oliygohimiz tomonidan "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling" shiori ostida talaba-yoshlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatga jami 23 nafar talaba qamrab olindi. Kuni kecha Samarqand shahriga yetib borgan FarDUning Yosh sayohatchilari kechki ovqatdan soʻng Registon maydonida sayohatni davom ettirdilar. Bunda talabalar milliy kuy va qo'shiqlar, laparlar aytib, xalqona o'yinlar o'tkazib o'ziga xos kecha uyushtirdilar.Тalabalar "Ulugʻbek rasadxonasi", "Amir Temur maqbarasi", "Shohizinda" meʼmoriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishib, o'zlariga biriktirilgan gid hamrohligida zarur ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar. Shuningdek, ko'hna Samarqanddan s o‘ngra talabalar Buxoroi Sharifga yetib keldilar. Tushlik vaqtida yoshlar ushbu azim shahardagi mashxur milliy taomlardan tanovvul qildilar, soʻngra zamonaviy va qulay mehmonxonalardan biri boʻlgan "GRAND EMIR RESIDENCE" mehmonxonasiga joylashdilar.