Farg’ona davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan talabalarni bandligini ta'minlash uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oliygohimizda “Bunyodkor yoshlar" guruhi tashkil etilib, ko’ngilli talaba yoshlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi. Unda faoliyat olib borayotgan talabalar yotoqxona, maxsus kiyim-kechaklar va 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, belgilangan tartibda oylik maosh to'lab berilmoqda.
Aziz talaba-yoshlar sizda ham "Bunyodkor yoshlar" guruhiga a'zo bo'lish istagi bo'lsa yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi J.Yoqubovga murojaat qilishingiz mumkin: +998911583435