Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Qo'shtepa tumanida bo'lib, "Solijonobod" mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Universitet rahbari mahalla faollari va yoshlar bilan o'zaro muloqot olib bordi va Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda yoshlar taqdiri uchun qilinayotgan islohotlar, oliy ta'lim tizimidagi o'zgarishlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berdi.
Mahalla faollari, yoshlar va ota-onalar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda xonadonlarga ijtimoiy, moddiy, ma'naviy ko'mak berib kelayotgan FarDU jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.
Suhbat davomida yoshlar bandligi, muammolari, yozgi ta'tilni unumli o'tkazishlari, maktabga tayyorgarlik, darslarga muntazam qatnashishlari, milliy qadriyatlar tarbiyasi kabi muhim masalalar kun tartibida bo'ldi.