Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xorijiy va qardosh mamlakatlar yoshlari va viloyatimiz mehmonlari diqqatiga!

17:39, 09.08.2024      

- Siz FarDUda o‘qishni istaysizmi va xorijiy mamlakat fuqarosimisiz?

- Ushbu zo‘r imkoniyat va ajoyib yangilik aynan siz uchun!

- Xorijiy talabalar uchun

“FerSU Stipendium” granti va stipendiyalari borligini bilasizmi?

- Farg‘ona davlat universiteti - bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida va magistraturada ta’lim olayotgan xorijiy talabalar uchun “FerSU stipendium” granti va stipendiyalarini taqdim etadi!

- Xorijiy talabalarni moliyaviy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, bu orqali chet ellik abituriyentlarni universitet ta’lim xizmatlaridan foydalanishga keng jalb qilish va oliygohimizni xalqaro ta’lim bozorida mustahkam o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida joriy etilgan “A”, “B”, “G”, “G + A” turlariga bo‘linuvchi pul ta’minoti belgilangan!

- Ya’ni – stipendium A:

Bunda xorijiy talabalar va magistrlar bir semestr yakuniga ko‘ra barcha fanlarni a’lo bahoga o‘zlashtirgan bo‘lishi,

- stipendium B bo‘yicha:

o‘qish davomida favqulotda ijtimoiy himoyaga muhtojligi,

- stipendium G bo‘yicha:

ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanaѐtgan va belgilangan nashr

ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi,

- stipendium Grant Plus:

ilmiy tadqiqoti bo‘yicha aniq natijalarga, shu jumladan patent va mualliflik guvohnomasi olgan, xalqaro va respublika olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidor egalari saralab olinadi!

- Batafsil ma’lumotlar bilan Nizomda tanishing! FerSU stipendium