Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU futbol jamoasi g‘alabasi

17:26, 11.08.2024      

Kuni kecha futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati Birinchi ligasida 14-tur uchrashuvlariga start berilgan edi. Tur doirasida Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagi "FarDU" klubimiz safarda "Chig'atoy" jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuv soat 18:30da "Chig'atoy" sport majmuasi o'yingohida boshlanadi. Unda FarDU klubi a’zolari Bahodirjon Abduvaliyev, Sirojiddin Bashriddinov raqib darvozasiga ketma-ket g‘alaba to‘pini kiritdilar. Chap qanotdan uyushtirilgan xujumni Sirojiddin Bashriddinov kuchli zarbasi bilan darvozaning "to'qqizligiga" joylab qo'ydi. "Chig'atoy" - "FarDU" 0:2 Hisobda FarDU futbol klubi g‘alaba qozondi. Toshkentning "Chig'atoy" klubi joriy mavsum ikkinchi bor Mag‘lub etildi!