Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda dekan o'rinbosarlari hisoboti tinglandi

11:10, 15.08.2024      

Bugungi kunda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlardan alohida tashabbuskorlik, faollik va ijodkorlik talab etilmoqda.

Universitetda ham o‘tgan o‘quv yilida ushbu yo‘nalishda bir qator yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda "talababay" ishlash mexanizmi amaliyotga joriy etilib, talabalarning bo‘sh vaqti, profilaktik tadbirlar, ijara va talabalar turar joylaridagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Mazkur ishlarning natijadorligi va istiqboldagi dolzarb vazifalar yuzasidan Farg'ona davlat universitetida dekan o‘rinbosarlarining hisoboti tinglandi.

Taqdimot jarayonida har bir fakultetning o‘ziga xos yutuqlari, dekan o‘rinbosarlari, jamoatchilik kengashi va tyutorlarning hamkorligi tanqidiy tahlil etildi.

Taqdimot yakunida yangi o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi muhim vazifalar belgilanib, muhokama etildi.