Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Ma‘sudjon Sulaymonov Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi

11:40, 20.08.2024      


Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 15 avgustdagi qarori bilan, Sulaymonov Ma‘sudjon Muminovich viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham hisoblanadi.

Ma‘sudjon Sulaymonov 1978 yil 15 mayda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini, 2003 yilda Farg‘ona davlat universiteti magistraturasini bitirgan. 2004 -2022 yillar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zАning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlagan.

2022 yildan buyon Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Filologiya fanlari nomzodi, 2020 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.