Farg‘ona davlat universitetining doimiy hamkori Vengriya hayot fanlari universiteti (MATE) xalqaro aloqalar direktorati rahbari Devid Bekeshining taklifi hamda Vengriya eksport va targ’ibot agentligi, MATE universiteti, Turkiy davlatlar tashkiloti va Vengriya qurg‘oqchilikni oldini olish instituti tashabbusiga asosan, bugun ushbu tashkilotlar delegatsiyasi Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu xalqaro uchrashuv maqsadi - hamkorlikni kuchaytirish va o'zaro yangi loyihalarni amalga tatbiq etish vazifalariga qaratildi. Xalqaro doirada bo'lib o'tgan muloqotlar davomida Vengriya Qurg‘oqchilik institutining hamkorlik takliflari tinglab borildi hamda Farg‘ona davlat universitetining shu mavzulardagi loyihalari taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ko'plab fermer xo‘jaliklari va mavjud sho‘r yerlar muammolari amaliy jihatdan o'rganishga tavsiya etildi. Rasmiy muloqotlar yakunida hamkor tomonlarning o'zaro do'stlik va ehtirom ramzi sifatida esdalik sovg'alari taqdim etildi.