Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

DЕPUTATLAR SAYLOVLARINI O‘TKAZISH YUZASIDAN O‘QUV SЕMINARI BOSHLANDI

15:24, 05.09.2024      

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tegishli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Kengashining deputatlar saylovini o‘tkazishga joylarda munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va kotiblari uchun o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari boshlandi.

Bugun Farg‘ona davlat universitetida shaharda joylashgan jami 113 ta uchastka saylov komissiyasi a’zolariga seminar- treninglar o‘tkazish jarayoniga start berildi.

Tadbirda, Farg‘ona viloyati saylov okrugi raisi Erkinjon Nuraliyev, shahar hokimi Vosiljon Nazarov va barcha sektor rahbarlari ishtirok etdi va ishtirokchilarni bu siyosiy tadbirlarni yuqori darajada tashkil etishga birdek xarakat qilishimiz zarurligini ta’kidlandi.