Farg'ona davlat universiteti rahbari tashabbusi bilan jamoa Kasaba uyushmasi ko'magida Andijon viloyatida madaniy hordiq olayotgan professor-o'qituvchilar bugun Xonabod shahri bo'ylab sayohatga yo'l oldilar.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu sayohatda jamoa hozirda Xonobodning diqqatga sazovor va tarixiy maskanlari, "Fozilmon ota" maqbarasi, "Afsona" bog'i, Alisher Navoiy nomidagi xiyobon hamda madaniy ko'ngilochar joylarida bo'lmoqdalar.