FARDU REKTORI TALABALAR TURAR JOYIDA
15:17, 09.09.2024

Kuni kecha Farg'ona davlat universiteti rеktori Bahodirjon Shermuhammadov barcha Talabalar turar joylariga borib, u yerda talabalarni kutib olish va joylashtirish jarayonlarini o'rgandi va ota-onalar bilan jonli muloqot olib bordi. Talabalar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida oliygoh rahbari yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ilmning hikmati va bilim olish zaruriyati to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirib o‘tdi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan yotoqxonaga joylashtirilgan talabalarga yotoqxonadagi mavjud tartib-tamoyillar, shart-sharoitlar batafsil tanishtirib borildi. O‘z navbatida talabalar va ularning ota-onalari oliygoh rektoriga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.
