Bugun fakultetda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida 2024-2025 yil o’quv yili boshlandi.
Bugun oliygohning barcha fakultetlarida talabalarni kutib olish tadbiri bo'lib o'tdi. Jumladan, Chet tillari hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarida ham tantanali kutish marosimi tashkillandi. Fakultet dekanlari N.Toyirova hamda M.Mamajonovlar so'zga chiqib, talabalarni,ularning ota-onalarini Mustaqilligimizning 33 yilligi, yangi o'quv yili bilan tabrikladilar, talabalarga omad tiladilar.Shuningdek, fakultetda uzoq yillardan beri talabalarga bilim berib kelayotgan Ustozlar, ota-onalar so'zga chiqib, bugungi kunda yoshlarga Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida to'xtalib o'tdilar.
Harbiy ta’lim fakultetida ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33-yilligi bayramiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida o‘quv yilining tantanali mitingi o‘tkazidi. Mitingda Farg‘ona viloyati afg‘onlar birlashmasi raisi rezervdagi polkovnik Mirzaolimov Baxtiyor Mirzayevich qatnashdilar. Tadbirda 2024-2025-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plab, 1-o‘rinda talabalikka qabul qilingan bir qator talabalar fakultet boshlig‘i faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Tarix fakultetida ham yangi o'quv yilining ilk kunida talabalar ta'ntanali ravishda kutib olindi. Yangi o'quv yili oldidan fakultet jamoasi va talabalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Fakultet dekani N.Alimova tadbirda so'zga chiqib, talabalar va ularning ota-onalarini tabrikladi va kelgusi o'qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Fizika-matematika fakultetida ham o'quv yilining ilk kuni bayram tadbiri bilan boshlandi. Tadbir davomida fakultetga eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari taqdirlandi. Sirtqi bo'lim boshlig'i, professor A.Abdumalikov"Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Mustaqillik darsini o'tdi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va Agrar qo‘shmafakultetlarida Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida yangi o’quv yili boshlandi.