Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetidagi har bir fakultetda mustaqillik darslari tashkil etildi. Jumladan, Jismoniy madaniyat fakultetida tehsil olayotgan talabalar uchun FarDU professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, Gender tengligi tadqiqotlar markazi direktori Egamberdiyeva Turg’unoy Ahmadjonovna tomonidan "Mustaqillik darslari" tashkil etildi. Mazkur dars talabalar bilan ochiq muloqot tarzida olib borildi. Unda mustaqillikning eng ulug‘ ne’mat ekani, milliy qadryatlar va an’analarga hurmat, vatanparvarlik, hozirgi kun islohotlari, bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor kabi masalalar batafsil yoritibyoritib berildi.