Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida barcha oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich tashkilotlari bo'sh turgan (vokant) o'rinlariga Yoshlar ittifoqi kengash koordinatorlari va fakultet koordinatorlarini suhbat qilish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu saylov jarayonida Fargʻona davlat universitetidan tashrif buyurgan faol yoshlar nomzodliklarini himoya qilishmoqda. Shuningdek, Fargʻona viloyati Kengashi raisi Shohrux Jumanov Panjiyevich; Tashkiliy kadrlar va boshlang'ch tashkilotlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Muhiddin Abdurahimov va Yoshlar ishlari Farg'ona viloyat boshqarmasi Bolalar, xotin-qizlar ta'limdagi yoshlar va volontiyorlikni qoʻllab quvatlash boʻlimi boshligʻi Akramova Husniya Habibulayevna suhbat jarayonlarini olib borishmoqda.