Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FarDU kasaba uyushmasi tanlov e’lon qiladi

09:30, 13.09.2024      

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo'mitasining 2024-yil 12-avgustdagi 13-01 "c"-sonli "Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida mehnat huquqi bo'yicha "Mehnat huquqi yoshlar nigohida" tanlovini o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga asosan, 2024-yilning sentabr-oktabr oylarida barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Mehnat huquqi yoshlar nigohida" tanlovi o'tkazish belgilangan.

Tanlovning saralash bosqichi 2024-yilning 23-30-sentabr kunlari mahsus onlayn platforma(www.tanlov.kasaba.uz)ga yuklangan testlarni yechish orqali o'tkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan mazkur tanlovda barcha FarDU talabalarini faol ishtirok etishga chorlaymiz!