Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. Joriy yilning 10-14 sentabr kunlari ikkinchi bosqichda respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilotlarda “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Mazkur haftaliklar doirasida Farg'ona davlat universitetida ham “Xon atlas” kunlari o‘tkazildi. 11-14-sentabr kunlari FarDUda atlas, adras kabi milliy liboslarda bo‘lgan opa-singillarimiz, talaba-qizlarimiz milliy liboslarimizning ajoyib namunalarini namoyishetdilar. Unda universitetning barcha fakultetlari, Axborot-resurs markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, xalqimizning urf-odat va an'analarini, milliy kiyimini, adras madaniyatini targ‘ib qildilar. Ayniqsa, Filologiya, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Tarix, Iqtisodiyot, Cet tillari, Ingliz tili va adabiyoti, Pedagogika-psixologiya va Sanʼatshunoslik fakultetlarida ayniqsa, o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.