Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Davra suhbati: Doim qalbimizdasiz ustoz!

08:33, 19.09.2024      

Ijod ahli o‘z nazmu-navosi bilan butun boshli xalqning qalbidan chuqur o‘rin egallab boradi. Vaqt o‘tishi bilan ijodkorning samimiyati, betakror iboralari xalq so‘zlariga aylanib ketadi. Bunday ijodkorlar vafotidan keyin ham o‘zi talpingan, sevgan, el ardog‘ida yashayveradi. She’rlari, asarlari o‘qilaveradi. Shunday umrboqiy insonlardan biri O‘zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqovadir. Kuni kecha Marg‘ilon shahrida joylashgan "Erkin Vohidov" nomidagi ijod maktabi va Chet tillari fakulteti talabalari ishtirokida Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Doim qalbimizdasiz ustoz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatni viloyat yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ijodkor, shoira O‘ktamxon Soliyeva olib bordi. Talabalarga hayotiy misollar orqali ma'lumotlar berildi. Davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi.