Farg‘ona davlat universitetida ilmiy salohiyatning tobora otrib borayotganligi professor-o‘qituvchilarning uzluksiz izlanishlari samarasi o‘laroq namoyon bo‘lmoqda. Chet tillari fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o'qituvchisi - Nurmatova Munisxon Mashrabovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy yuz (face) hodisasini voqelantiruvchi vositalarning lingvopragmatik tadqiqi”, Til o'rgatish markazi rahbari, Chet tillari fakulteti ingliz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi- Komilova Nilufar Abdilkadimovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Gender konseptual semantikasi verbalizatorlari va ularning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tadqiqi (hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillari materialida)”, Fizika-matematika fakulteti, amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Ismoilov Ahrorjon Ikromjonovichning 01.01.02-differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha “Bir jinsli bo‘lmagan Eyler-Puasson-Darbu va umumlashgan Eyler-Puasson-Darbu tenglamalari uchun chegaraviy masalalar” mavzularidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyalar Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.