Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​TYUTORLAR FAOLIYATI- REKTOR E'TIBORIDA

14:24, 23.09.2024      

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun oliygoh tyutorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ziyo ahlining eng faol va ma'naviy targ'ibotchi vakillari bo'lgan tyutorlarning oliygohda tutgan o'rni, yosh avlod ta'lim-tarbiyasidagi ibrati xususida so'z bordi.

"Olma olmadan rang oladi" - deya ta'kidladi rektor o'z so'zida. Bitta bolani davlatga sadoqatli, vatanparvar, jamiyatga kerakli kadr qilib tarbiyalash o'ziga yarasha katta mehnat, kuchli intizom talab qiladi. Koinotning birinchi qonuni ham tartib va intizomdir. Qonunning hurmati - uning ijrosida. Ijroda esa Sizlar o'ng qo'limiz, tayanchimizsiz" - deya tyutorlar mehnatini e'tirof etdi rektor. Shuningdek, kun tartibida odob-ahloq, kiyinish va muomala madaniyati, milliy qadriyatlar tarbiyasi, diyonat, sabr, birdamlik, ahillik masalalar xususida so'z borar ekan, bir oila kabi shu fazilatlarni bir-birimizga, ayniqsa, yoslar shuuriga singdirib borish zarurligi qayd etildi.