XXI asr yuqori salohiyatli zamonaviy bilim va malakaga ega, keng dunyoqarashli mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar asridir. Bunday yuksak avlodni tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyosdir.
Insonlarga ilm o‘rgatish, ma’rifat ziyosini tarqatish, nihoyatda savobli amallardan biri. Bunday mas’uliyatli vazifaga loyiq bo‘lgan insonlarning darajasi ham beqiyos. Zero, har qanday bilimli inson ustoz qo‘lida ta’lim oladi va tarbiya topadi. Bugun biz biron-bir kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo‘lmog‘imiz lozim.
Mustaqil O‘zbekistonimizning so‘ngi paytlarda iqtisodiyot, madaniyat, sport hamda ta’lim sohalaridagi muvaffaqiyatlari bugungi kunda jahon davlatlarini lol qoldirmoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Parij-2024” olimpiadasida yosh sportchilarimizning erishgan g‘alabalari ustoz va murabbiylarining yuksak mahorat sohibi ekanligini butun dunyoga ko‘rsatdi. Shunday ekan, yurtimizda ustozlarimizga qaratilgan hurmat-ehtirom, e’tiborning yuqori darajadaligi, vatanimizning buyuk kelajagini bunyod etayotgan kasb egalarini rag‘batlantirilishining bir ko‘rinishi sifatida baholashimiz mumkin.
Ma’lumki, 1 oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” sifatida ko‘tarinkilik bilan umummilliy bayram sifatida nishonlab kelmoqda. Yosh avlodni komil inson etib tarbiyalash yo‘lida mehnat qilayotgan o‘qituvchi va murabbiylarimizni qancha ardoqlasak, hurmat qilsak oz. E’tirof etish joizki, bu ulug‘ zotlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati qadrlanib kelayotgani kelajak avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ifodasidir. Ustoz faqat ta’lim berish bilan cheklanmasdan ko‘p hollarda qoqilganda yo‘l ko‘rsatadi, muammolarga qanday oson yechim topishni o‘rgatadi. Shuning uchun ham ustozni qadrlash unga hurmat ko‘rsatish har bir insoning burchidir. Hazrat Alisher Navoiy quyidagi misralarida haq edilar:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmush ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Mamlakatimiz oldida turgan eng muhim maqsad-vazifa: taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va ma’daniy o‘sishni ta’minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu borada hukumat va yoshlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarib beruvchi ustoz va murabbiylarga juda katta mas’uliyat yuklatilgan.Yutimizda ustozlarni e’zozlab, “O‘zbekiston Qahramoniʼʼ, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, kabi faxriy unvonlar joriy etilgan. Vatanimizda ustozlarni qadrlab doimo hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelmoqda.
Ustozlarning ushbu mehnatlari samarasi o‘laroq bugun jahonda O‘zbekiston deb atalmish mustaqil davlatning nufuzi kundan kunga ortib bormoqda.Fursatdan foydalanib, vatanimiz jamiyatimiz fidokorlarini 1 oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan muborakbod etaman.Hurmatli ustozlar hamisha qadringiz baland bo‘lsin. Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda yaratgandan kuch-g‘ayrat tilayman. Sizlar doim yurtimiz ardog‘idasiz aziz ustozlar.
Manbaa https://yuz.uz/news/ustozga-hurmat--azaliy-qadriyatimiz
Ehtiyotxon Ibragimova, FarDU dotsenti.
Husanjon IDRISOV, FarDU dotsenti.