Farg‘ona davlar universitetida “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi. Ma’lumki, talaba-yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar sportini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni ijro etish maqsadida oliygoh miqyosida “REKTOR KUBOGI” musobaqalariga start berildi.
Bugun FarDUning Sport-sog'lomlashtirish majmuasida mazkur musobaqalarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirni tabrik so'zi bilan ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov yoshlarni musobaqalarga chorlar ekan, sport tinchlik elchisi ekanligini ta'kidladi.
“Mukammallik, professionallik oddiylikdan boshlanadi. Hozir orangizda kamtarlik bilan turgan dunyo chempioni Yorqinbek Odilov ham o'z muvaffaqiyatlarini oddiy musobaqalardan, ta'lim- tarbiyadan boshladi. Mana, bugun talabamiz Yorqinbek barchamizning faxrimizga aylandi"- deya e'tirof etdi oliygoh rahbari.
Tadbirda Parij - 2024 o'yinlarida Paralimpiya chempioni bo'lgan oltin medal sohibi- Yorqinbek Odilovga universitetning esdalik sovg'asi taqdim etildi. Shuningdek, talabalar jamoalariga yangi sport anjomlari topshirildi. Shu kuni Chet tillari va Agrar qo'shma fakulteti jamoalari maydonga tushib, turnirning ilk o'yinlarini boshlab berdilar.